Logo

Palma yog‘ini qayta ishlash bo‘yicha Malayziya tajribasi o‘rganilmoqda

Aprel 20, 2026. 14:00 • 2 daq

102
Palma yog‘ini qayta ishlash bo‘yicha Malayziya tajribasi o‘rganilmoqda
Palma yog‘ini qayta ishlash bo‘yicha Malayziya tajribasi o‘rganilmoqda
Palma yog‘ini qayta ishlash bo‘yicha Malayziya tajribasi o‘rganilmoqda
Palma yog‘ini qayta ishlash bo‘yicha Malayziya tajribasi o‘rganilmoqda

KUALA-LUMPUR, 20-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiyaning Malayziyaga xizmat safari amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tashrif yurtimizning Malayziyadagi elchixonasi va ushbu davlatdagi palma yog‘i ishlab chiqarish kengashi (MPOC) hamkorligida tashkil etildi.

Dastur doirasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar Malayziyaning yetakchi kompaniyalariga tegishli palma plantatsiyalarida bo‘ldi. Ular palma maydonlarida hosilni yig‘ib olish va xomashyoni qayta ishlash jarayonlari bilan tanishdi. Vakillarimiz palma yog‘i ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy laboratoriyalardagi ish jarayonini ham ko‘zdan kechirdi.

Safar davomida yirik plantatsiya aktivlari, zamonaviy qayta ishlash quvvatlari va rivojlangan omborxona infratuzilmasiga ega Malayziyaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari va distribyutorlari – “SD Guthrie Berhad”, “Kuala Lumpur Kepong Berhad”, “IOI Group”, “Wilmar International”, “SOP Foods (Sarawak Oil Palms)” kabi yetakchi kompaniya vakillari bilan B2B shaklida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatiga yil davomida barqaror va uzluksiz xomashyo yetkazib berishni ta’minlash, ikki mamlakat ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish bo‘ldi.

Muzokaralar yakunida tomonlar O‘zbekiston hududida ixtisoslashtirilgan ombor majmualarini tashkil etish, palma yog‘ini qayta ishlash va uning zaxirasini shakllantirish, mahalliy korxonalar uchun xomashyoni barqaror yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish