O‘zbekiston delegatsiyasi Sloveniya xalqaro forumida ishtirok etdi

Iyun 13, 2026. 14:30 • 1 daq

35

MARIBOR, 13-iyun. /“Dunyo” AA/. Sloveniyada xalqaro iqtisodiy hamkorlik, tashqi savdo va investitsiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maribor shahrida bo‘lib o‘tgan forumda O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Ishtirokchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, investitsiya muhitini yaxshilash chora-tadbirlari hamda yevropalik hamkorlar bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari haqida ma’lumot berildi.

Tadbir doirasida O‘zbekistonning Sloveniyadagi elchisi (qarorgohi Budapeshtda) Oybek Shaxavdinov davlat organlari, ishbilarmon va ilmiy doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar chog‘ida innovatsiyalar, geologiya, raqamli texnologiyalar, ekologiya va ilmiy tadqiqotlar sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

O‘tkazilgan uchrashuvlarda Sloveniya rasmiy va ishbilarmon doiralarining O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qiziqishi ortib borayotganidan dalolat ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, Sloveniya ishbilarmonlaridan iborat delegatsiyaning 2026-yil oktyabr oyida O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish hamda uni “InnoWeek–2026” xalqaro innovatsiyalar haftaligi bilan muvofiqlashtirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish