O‘zbekiston va Chexiya yetakchilari Kengaytirilgan hamkorlikni ilgari surish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar
Aprel 30, 2026. 14:00 • 48 soniya
• 92
TOSHKENT, 30-aprel. /“Dunyo” AA/. Toshkent shahrida bugun bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish Kengaytirilgan hamkorlikni ilgari surish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, shuningdek, iqtisodiyot, sanoat, ilmiy va texnologik hamkorlik, diplomatik kadrlarni tayyorlash, metrologiya laboratoriyasini birgalikda loyihalashtirish va tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash, metrologiya sohasidagi ilmiy-innovatsion hamkorlik, geologiya sohasidagi hamkorlik, elektropoyezdlarni yetkazib berish to‘g‘risida va boshqa ikki tomonlama kelishuvlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi