O‘zbekiston neft-gaz sanoatida Britaniya tajribasini qo‘llash imkoniyati ko‘rib chiqildi
Mart 28, 2026. 16:00 • 52 soniya
• 117
LONDON, 29-mart. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida “Better Earth” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Naydjel Adams hamda “O‘zbekneftgaz” AJ vakillari o‘rtasida onlayn muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston neft-gaz sektorida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Britaniya tomoni yoqilg‘i tejamkorligini oshirish va karbon emissiyasini kamaytirishga qaratilgan ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.
Suhbat jarayonida neft-gaz quduqlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha ham fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida avvalgi loyihalar natijalari, iqtisodiy hisob-kitoblar, logistika va texnik maʼlumotlarni almashishga kelishib oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi