Logo

Namangan viloyati delegatsiyasi Afg‘onistonga tashrif buyurdi

Mart 29, 2026. 15:00 • 2 daq

87
Namangan viloyati delegatsiyasi Afg‘onistonga tashrif buyurdi

QOBUL, 29-mart. /“Dunyo” AA/. Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Delegatsiya tarkibidan hokim o‘rinbosarlari, shuningdek, 30 dan ortiq yirik o‘zbek tadbirkorlari va investorlari o‘rin oldi.

Tashrif davomida Afg‘oniston vakillari bilan uchrashuvlar, konferensiyalar va savdo muzokaralari o‘tkazildi.

Delegatsiya, shuningdek, mahalliy hokimiyat va xususiy sektor vakillari bilan ishbilarmonlik uchrashuvlari o‘tkazilishi kutilayotgan Balx ham viloyatiga tashrif buyuradi. Bundan tashqari, Mozori Sharifda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi ochilishi ularning sifati va xilma-xilligi namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning fevral oyida Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi delegatsiya ham Afg‘onistonga tashrif buyurib bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkazgan edi.

Yaqin kunlarda O‘zbekistonning boshqa hokimlari ham savdo-iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirish maqsadida Afg‘onistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ikki davlat vakillari o‘rtasidagi bu muzokaralar o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish