Tojikiston Markaziy Osiyo startaplari mintaqaviy platformasiga qo‘shildi
Mart 29, 2026. 14:30 • 2 daq
• 11
DUSHANBE, 29-mart. /“Dunyo” AA/. Tojikiston texnologiyalar va startaplar sohasida mintaqaviy hamkorlikni kengaytirib, “Central Asian Innovation Hubs”ga rasman qo‘shildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Tojikistonning “Avesta” axborot agentligiga tayanib.
Qayd etilishicha, memorandumni imzolash Yaponiyada “IT Park Uzbekistan”, “Astana Hub” va “IT Park Dushanbe” ishtirokidagi birinchi C5+1 sammiti doirasida o‘tkazilgan.
“Platformaga qo‘shilish Tojikiston uchun o‘z startap ekotizimini rivojlantirish, mintaqaviy innovatsion jarayonlarga integratsiyalashish va xalqaro bozorlarga chiqish, investitsiyalar va ekspert ko‘magi uchun yangi imkoniyatlarni ochadi”,- deb yozadi “Avesta”.
Endilikda mamlakat startaplari global akseleratsiya dasturlari, ko‘rgazmalar va texnologik tadbirlarda, jumladan, “Web Summit”, “TechCrunch Disrupt” va “London Tech Week”da ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Agentlikka ko‘ra, O‘zbekiston dunyodagi eng tez rivojlanayotgan startap ekotizimlaridan birini namoyish etishda davom etmoqda. Mamlakatda startaplar sonining o‘sishi 130 foizdan oshadi, bu esa mahalliy loyihalarga xalqaro darajaga muvaffaqiyatli chiqish imkonini beradi.
“Central Asian Innovation Hubs” platformasi orqali mintaqaviy hamkorlik startaplar imkoniyatlarini kuchaytirib, bilim almashish, isteʼdodlarni rivojlantirish va mamlakatlar o‘rtasida ekotizimlar qurishni taʼminlaydi. Shuningdek, O‘zbekiston bu jarayonda qo‘shni davlatlar bilan tajriba almashish va uzoq muddatli hamkorlikni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
O‘z navbatida, Tojikistonning ushbu loyihaga qo‘shilishi Markaziy Osiyoning integratsiyaga bo‘lgan intilishini aks ettiradi. Bu esa jadal texnologik o‘sish va mintaqaning xalqaro miqyosda innovatsiyalar markazi sifatida tan olinishi uchun sharoit yaratadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi