Logo

Shanxayda O‘zbekiston–Xitoy savdo-iqtisodiy hamkorligining yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

Mart 27, 2026. 17:57 • 1 daq

151
Shanxayda O‘zbekiston–Xitoy savdo-iqtisodiy hamkorligining yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

SHANXAY, 27-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Shanxay Xalqaro savdoni rivojlantirish kengashi (CCPIT Shanghai) raisi Gu Chuntin bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik jadal rivojlanayotgani ta’kidlandi. Ayniqsa, 2023–2025-yillarda biznes aloqalar va turli tadbirlar soni ancha oshgani qayd etildi.

Suhbat davomida O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalariga alohida e’tibor qaratildi. Xitoy tomoni hamkorlikni, ayniqsa, savdo, iqtisod va investitsiya sohalarida yanada kengaytirishga qiziqish bildirdi.

Muloqot jarayonida ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash natijalari va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Xitoyning yirik kompaniyalarini O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmalar va tadbirlarga jalb qilish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar qator kelishuvlarga erishdi. Jumladan, biznes-forumlarni muntazam o‘tkazish, O‘zbekistonning investitsiya va turizm imkoniyatlarini Xitoyda keng targ‘ib qilish, Xitoy ishbilarmonlarining O‘zbekistonga tashriflarini ko‘paytirishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish