Maskat shahrida O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi
Aprel 04, 2026. 15:00 • 2 daq
• 115
MASKAT, 5-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon investitsiya agentligi vitse-prezidenti Mulham Bashir al-Jarf bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida O‘mon investitsiya agentligi tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan sarmoyalar uchun minnatdorlik bildirildi.
O‘zbekiston va O‘mon tomonidan tashkil etilgan O‘zbek–O‘mon qo‘shma investitsiya kompaniyasi hozirga qadar mamlakat iqtisodiyotiga 250 million AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritib, qator loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
Uchrashuvda Surxondaryo viloyatida tashkil etilayotgan “Surxon–Agro” erkin iqtisodiy zonasi haqida maʼlumot berildi. Ushbu loyihaga O‘mon investitsiya agentligini jalb qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov nomidan O‘mon investitsiya agentligi rahbariyatiga joriy yil 16–19 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan V Toshkent xalqaro investitsiya forumiga taklifnoma topshirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi