Turizm brendi elchisi Sofi Ibbotson O‘zbekistonning ekologiya masalalari bo‘yicha elchisi etib ham tayinlandi

Iyun 03, 2026. 16:55 • 2 daq

146
Turizm brendi elchisi Sofi Ibbotson O‘zbekistonning ekologiya masalalari bo‘yicha elchisi etib ham tayinlandi

SAMARQAND, 3-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi ekologiya masalalari bo‘yicha yangi elchisi Sofi Ibbotson “Dunyo” axborot agentligi muxbiriga intervyu berdi:

– Bu soha bilan shug‘ullanishga qaror qilganimning sababi shuki, ekologiya va iqlim o‘zgarishi nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo taraqqiyotining deyarli barcha jabhalariga ta’sir ko‘rsatadi. 

Bu yo‘nalish haqida faqatgina O‘zbekistondagi atrof-muhit muhofazasi, ekologiya va iqlim o‘zgarishlari nuqtayi nazaridan gapirish kerak emas. U iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy-madaniy masalalar, siyosat va xavfsizlik bilan bevosita bog‘liqdir. Shu bois, bu muammo har birimizni tashvishga solishi lozim va biz har qanday qaror qabul qilishda uni inobatga olishimiz kerak.

So‘nggi yillarda men kuzatishga muvaffaq bo‘lgan eng qiziqarli jarayonlardan biri – O‘zbekiston hukumatining ekologiya va iqlim o‘zgarishi masalalariga ancha jiddiy yondasha boshlaganidir. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining isloh qilinishi, so‘ngra uning Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasiga aylantirilishi davlat qaror qabul qilishda ekologik kun tartibini ustuvor vazifalar qatoriga olib chiqayotganiga yaqqol misoldir.

Ekologiya masalalari bo‘yicha elchi sifatidagi vazifam – O‘zbekiston duch kelayotgan qiyinchiliklar, mamlakatda ishlab chiqilayotgan va joriy etilayotgan yechimlar haqidagi xabardorlikni oshirishdan iborat. Bu xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, mavjud muammolarga e’tiborni qaratish hamda ularni birgalikda hal etish uchun texnik va moliyaviy ko‘mak olish imkonini beradi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish