O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqaro biznes hamkorligini kengaytirmoqda
Iyul 21, 2026. 09:30 • 45 soniya
• 239
OSTONA, 21-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasida “Ostona” diplomatik klubi prezidenti Qayirbolat Saxmetov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi bevosita aloqalarni kengaytirish hamda qo‘shma biznes tadbirlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda joriy yilning kuzida Estoniyaning sirkulyar iqtisodiyot, chiqindilarni boshqarish va qayta ishlash sohalarida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalari biznes-missiyasining O‘zbekistonga tashrifini uyushtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi