Logo

“London Post”: O‘zbekistonda Konstitutsiyani yangilash jarayoni chinakam xalqchil tashabbusga aylandi

Dekabr 11, 2025. 09:30 • 2 daq

56
“London Post”: O‘zbekistonda Konstitutsiyani yangilash jarayoni chinakam xalqchil tashabbusga aylandi

LONDON, 11-dekabr. /“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniyaning nufuzli “London Post” nashrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi va mamlakatda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada taʼkidlanishicha, 1992-yilda qabul qilingan asosiy qonun mamlakat mustaqilligi va demokratik taraqqiyotining fundamental tayanchiga aylandi. Aynan u davlat tuzilishining asosiy tamoyillarini belgilab berdi, suveren O‘zbekistonni shakllantirishning huquqiy asoslarini yaratdi, ochiq va insonparvar jamiyat barpo etish yo‘lini ko‘rsatib berdi.

Nashrda davlat tarixida muhim bosqich bo‘lgan 2023-yilgi Konstitutsiyaviy islohotlarga alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, bu jarayonda jamoatchilik ishtiroki misli ko‘rilmagan darajada bo‘lgani – fuqarolardan kelib tushgan 222 mingdan ziyod takliflar Konstitutsiyani yangilash jarayonini chinakam xalqchil tashabbusga aylantirgani taʼkidlangan.

“2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendum natijalari aholining islohotlarga bo‘lgan ishonchi yuqori ekanini tasdiqladi”, – deb yozgan muallif.

Shuningdek, qayd etilishicha yangilangan Konstitutsiyada ijtimoiy kafolatlar sezilarli darajada kuchaytirildi, fuqarolarning huquq va erkinliklari kengaytirildi, O‘zbekistonning ijtimoiy davlat sifatidagi maqomini mustahkamlandi.

“Unda majburiy mehnatni taqiqlash, o‘lim jazosini uzil-kesil bekor qilish, fuqarolarni o‘zboshimchalik bilan ushlab turishdan himoya qilish, davlat organlarining masʼuliyatini oshirish va sud mustaqilligini mustahkamlash mexanizmlari o‘z aksini topgan. Moddalar, boblar va huquqiy normalar sonining ko‘payishi o‘zgarishlarning chuqurligi va ko‘lamini ko‘rsatadi”, – deya taʼkidlangan maqolada.

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish