Logo

O‘zbek va fransuz talabalari ishtirokida madaniy-maʼrifiy uchrashuv o‘tkazildi

Dekabr 17, 2025. 17:40 • 1 daq

279
O‘zbek va fransuz talabalari ishtirokida madaniy-maʼrifiy uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbek va fransuz talabalari ishtirokida madaniy-maʼrifiy uchrashuv o‘tkazildi

PARIJ, 18-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Parijdagi elchixonasi tomonidan Fransiyada taʼlim olayotgan o‘zbek talabalari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar tashabbusi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston Konstitutsiyasining 33 yilligi hamda yurtimizda ijtimoiy-huquqiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr-mulohaza almashildi.

Tadbirda diplomatlarimiz fransuz talabalarini O‘zbekiston tarixi, madaniyati va zamonaviy taraqqiyoti bilan yaqindan tanishtirdi.

Dastur doirasida talabalarimiz O‘zbekistonning asosiy konstitutsiyaviy tamoyillari, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar aks etgan taqdimot namoyish qildi.

Fransuz talabalari O‘zbekistonning boy madaniy merosi, anʼanalari, hunarmandchiligi, anʼanaviy musiqasi va milliy taomlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Taqdimotda Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlar va Buyuk ipak yo‘lining yirik markazlari haqida videomateriallar taqdim etildi.

Tadbir ishtirokchilarining fikricha, bunday tashabbuslar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi munosabatlarda xalq diplomatiyasini rivojlantirish, o‘zbek tili, madaniyati va anʼanalarini o‘rganishga qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.

“O‘zbekistonlik tengdoshlarim tashabbusi bilan mamlakatingiz haqida ko‘plab bilimlarga ega bo‘ldim. O‘zbek madaniyati, sanʼati, meʼmorchiligi – barcha-barchasi ajoyib! Qadimiy va tarixiy shaharlaringizni videoda ko‘rib, oldimga maqsad qo‘ydim: O‘zbekistonga, albatta boraman! Qisqa qilib aytganda, O‘zbekistonni o‘zim uchun qayta kashf etdim”, – deydi Parij I Panteon-Sorbonna universiteti talabasi Shaina Kader.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish