Logo

Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar institutida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlikning yana bir dalili bo‘ldi

Dekabr 23, 2025. 19:43 • 2 daq

385

 ASHXOBOD, 25-dekabr. /“Dunyo” AA/. Ashxobodda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar institutida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda olimlar, diplomatlar, o‘qituvchilar, talabalar va OAV vakillari ishtirok etdi. Institut rektori Gulshat Yusupova tadbirda nutq so‘zlab, o‘zbek xalqini bayram bilan tabrikladi va O‘zbekiston Asosiy qonunining yangi tahriridgi normalari yuksak masʼuliyat bilan muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, bu esa mamlakat kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratayotganini taʼkidladi.

Rektor so‘nggi vaqtlarda oliy darajadagi tashriflar, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning joriy yil noyabr oyida Toshkentga amalga oshirgan rasmiy tashrifi hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ashxoboddagi Xalqaro tinchlik va ishonch forumidagi ishtirokini yodga oldi. U talabalarni hamkor mamlakatlarning konstitutsiyaviy rivojlanishini o‘rganishga chaqirdi hamda institutning O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan taʼlim diplomatiyasi va yoshlar almashinuvi doirasidagi faol hamkorligini qayd etdi.

O‘zbekiston elchisi Ravshanbek Alimov “O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri – chuqur islohotlarning huquqiy asosi” mavzusida maʼruza qildi. U turkmanistonlik hamkasblarini “Tinchlik va ishonch: barqaror kelajak yo‘lida maqsadlar birligi” xalqaro forumining muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi hamda Ashxobod deklaratsiyasining xalqaro maydonda tinchlik va o‘zaro ishonch g‘oyalarini ilgari surishdagi ahamiyatini alohida taʼkidladi.

Ishtirokchilar tadbirni yuqori baholab, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvning yana bir tasdig‘i bo‘lganini qayd etdi hamda kelgusida akademik va professional hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish