Logo

Ammanda Butunjahon turkiy tillar oilasi kuni nishonlandi

Dekabr 17, 2025. 14:44 • 54 soniya

465
Ammanda Butunjahon turkiy tillar oilasi kuni nishonlandi
Ammanda Butunjahon turkiy tillar oilasi kuni nishonlandi
Ammanda Butunjahon turkiy tillar oilasi kuni nishonlandi
Ammanda Butunjahon turkiy tillar oilasi kuni nishonlandi
Ammanda Butunjahon turkiy tillar oilasi kuni nishonlandi

AMMAN, 18-dekabr. /“Dunyo” AA/. Iordaniya poytaxtida Butunjahon turkiy tillar oilasi kuni munosabati bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

YUNESKO tomonidan 15-dekabr – Butunjahon turkiy tillar kuni deb eʼlon qilingan. Shu munosabat bilan Amman shahridagi Yunus Emra nomidagi Turk madaniyat markazida Turkiy tillar oilasi kuniga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Unda Iordaniyada yashovchi diplomatik korpus xodimlari, madaniyat va taʼlim sohasi vakillari va turkiy davlatlar diasporalari qatnashdi.

Ushbu sana alohida tarixiy ahamiyatga ega. 1893-yilda daniyalik turkolog-tilshunos olim Vilgelm Tomsen O‘rxun-Enasoy yozuvini birinchi bo‘lib shifrofka qilib, uni dunyoga tanitgan. Bu turkiy tillar tarixi va rivojlanishini o‘rganishda muhim bosqichlardan biri bo‘lgan.

Dastur doirasida turkiy xalqlarning boy til va madaniy merosini aks ettiruvchi madaniy va badiiy chiqishlar tashkil etildi. Iordaniyadagi o‘zbek diasporasi sheʼriy kompozitsiya va xalq raqsi sanʼatini ko‘rsatib, o‘zbek madaniyatining o‘ziga xosligi va uning umumturkiy merosga qo‘shgan hissasini namoyish qildi.

Tadbir davomida turkiy tillar oilasini rivojlantirishda tarixiy xotirani asrash, madaniy aloqalarni mustahkamlash va turkiy xalqlar o‘rtasidagi muloqotni yangi bosqichga ko‘tarish borasida fikr-mulohaza almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish