Logo

Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi

Dekabr 16, 2025. 15:44 • 32 soniya

190
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi

DUSHANBE, 16-dekabr. /“Dunyo” AA/. Abulqosim Loxuti nomidagi Tojikiston Akademik drama teatrida Surxondaryo viloyati akademik drama teatri vakillari tomonidan sahnalashtirilgan “Makr va muhabbat” spektakli namoyish qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Surxondaryolik sanʼatkorlarning Tojikistonga uyushtirilgan gastroli doirasida turli tadbir va uchrashuvlar tashkil etildi. Unda o‘zbek diaspora vakillari, talabalar hamda tojikistonlik sanʼat va madaniyat sohasi vakillari ishtirok etdi.

Fridrix Shiller asari asosida sahnalashtirilgan spektakl tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Spektakl so‘nggida Tojikiston hamda Surxondaryo viloyati akademik drama teatri rahbarlari va ijodkorlari so‘zga chiqib, ikki davlat rahbarlari tomonidan olib borilayotgan do‘stona siyosat xalqlarning yaqinlashuviga xizmat qilayotganini taʼkidladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish