“Anna German qo‘shiqlari” festivalida yurtdoshlarimiz sovrindor bo‘ldi
Dekabr 06, 2025. 15:18 • 57 soniya
• 103VARSHAVA, 7-dekabr. /“Dunyo” AA/. Polshada “Anna German qo‘shiqlari” XII Xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Varshava shahridagi Polsha tarixi muzeyida bo‘lib o‘tgan ushbu xalqaro festivalda 500 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
O‘zbekiston delegatsiyasidan – Xamidulla Turdiqulov va Aurika Boymirzayeva ishtirokchi bo‘lib, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼat instituti professori Dilfuza Zaitova hakamlar hayʼati aʼzosi sifatida ishtirok etdi.
Tadbir tashkilotchisi, Polsha ayollar ligasi assotsiatsiyasi rahbari Aldona Mixalyak so‘zga chiqib, Anna Germanning Xorazm viloyati bilan bog‘liq xotiralari, hayoti va ijodi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Festivalda yurtimiz vakillari Anna German repertuaridagi qo‘shiqlarni mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Konsert milliy sanʼatimiz, o‘ziga xos musiqamiz, nafis anʼanaviy raqslar va o‘zbek madaniyatining betakror namunalarini namoyish etish uchun ajoyib platforma bo‘ldi.
Tadbir davomida tomoshabinlarga O‘zbekistonning tarixiy va madaniy diqqatga sazovor joylari haqida maʼlumot beruvchi flayerlar tarqatildi. Xorijlik mehmonlar O‘zbekistonning qadimiy anʼanalari va boy turistik salohiyatining o‘ziga xosligini qayd etdi.
O‘zbekiston vakillarining faol ishtiroki Polshaning nomdor telekanallarida ham keng yoritildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Xamidulla Turdiqulov birinchi o‘rinni, Aurika Boymirzayeva esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi
Taniqli o‘zbek pianinochisi Germaniyada navbatdagi konsert dasturini namoyish etdi


