“Bez Asfaltu 4x4”: O‘zbekiston avtosayohatchilarga tabiiy-iqlim sharoitlari va g‘oyat boy madaniy merosning noyob uyg‘unligini taklif etadi
Oktabr 06, 2026. 10:30 • 2 daq
• 164
VARSHAVA, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. Polshaning yetakchi offroud-ekspeditsiyalar kompaniyasi “Bez Asfaltu 4x4” veb-saytida “O‘zbekiston bo‘ylab 4×4 ekspeditsiyalari — Buyuk ipak yo‘li va cho‘llar” sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada O‘zbekiston Markaziy Osiyoning eng jozibali davlatlaridan biri va Buyuk ipak yo‘lining yuragi sifatida ta’riflangan. Mamlakatimizning betakror tabiiy-iqlim sharoiti hamda boy madaniy meros sintezi sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otayotgani qayd etilgan.
Xususan, qurib borayotgan Orol dengizi akvatoriyasi, qum va shag‘alli cho‘llar, shuningdek, Samarqand, Buxoro va Xivaning betakror me’moriy yodgorliklari turizm salohiyatining muhim qismi sifatida alohida ta’kidlangan.
Nashrda qayd etilishicha, yo‘ltanlamas avtomobillarda tashkil etiladigan ekspeditsiyalar sayyohlarga an’anaviy yo‘nalishlardan chetga chiqib, hududlarning asl madaniyati va xalqimizning samimiy muhiti bilan yaqinroq tanishish imkonini beradi. Shuningdek, sayohatlar davomida xavfsiz va qulay harakat tempi saqlanishi, tabiat qo‘ynidagi tunashlar an’anaviy mehmonxonalar qulayligi bilan uyg‘unlashishi, tajribali gidlar va tashkilotchilar ishtirokida yuqori darajadagi logistika ta’minlanishi yuqori baholangan.
Maqola yakunida bunday nostandart turizm formati yevropalik talabgor sayohatchilarni jalb qilish, shuningdek, O‘zbekistonning geografik, tarixiy va tabiiy imkoniyatlarini Yevropa bozorida keng targ‘ib qilishda muhim xizmat qilishi qayd etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi