Chernogoriya OAV: O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosi va turistik salohiyati xalqaro mediaforumda namoyish etildi
Avgust 28, 2026. 15:30 • 46 soniya
• 136
PODGORITSA, 28-avgust. /“Dunyo” AA/. Chernogoriya milliy teleradiokorporatsiyasi (RTCG) delegatsiyasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
RTCG xalqaro aloqalar koordinatori Amina Murich boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan mazkur nufuzli anjuman doirasida mamlakatimizning turistik salohiyati, boy tarixiy va madaniy merosiga bag‘ishlangan videoreportaj tayyorladi.
Material teleradiokorporatsiyaning rasmiy sahifasida eʼlon qilinib, Chernogoriya milliy telekanallarida ham namoyish etildi. Xalqaro mediaforumga bag‘ishlangan syujet reportajning 24-daqiqasidan boshlanadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi