Sirdaryo viloyatida xalqaro biznes-forum bo‘lib o‘tadi
Avgust 27, 2026. 19:00 • 2 daq
• 143
KIEV, 27-avgust. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 27–28-avgust kunlari Guliston shahrida “Sirdaryoda biznes” xalqaro biznes-forumi o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Kyiv Diplomatic” nashriga tayanib.
Sirdaryo viloyati Toshkentdan 120 kilometr masofada joylashgan bo‘lib, investitsiyaviy va sanoat loyihalarini amalga oshirish uchun mamlakatning istiqbolli hududlaridan biri sanaladi.
Viloyatda sakkizta maxsus sanoat va uchta erkin iqtisodiy zona faoliyat yuritadi. Ularda umumiy qiymati 558,6 million dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. 2026-yilda hududga qariyb 2 milliard dollar sarmoya jalb etish rejalashtirilgan.
Forum doirasida ishtirokchilarga viloyatning sarmoyaviy imkoniyatlari, istiqbolli loyihalar va bo‘sh ishlab chiqarish maydonchalari taqdim etiladi. Sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi hamda B2B va B2G formatlaridagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Ishtirokchilar viloyat rahbariyati, sarmoyadorlar va korxonalar vakillari bilan uchrashish, sanoat obyektlariga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tadbir bevosita ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish hamda qo‘shma investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini izlashga qaratilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi