Amirlik kompaniyasi Toshkentdagi logistika markazi qurilishiga 288 million dollar sarmoya kiritadi
Avgust 28, 2026. 21:00 • 2 daq
• 65
KIEV, 28-avgust. /“Dunyo” AA/. BAAning “DP World” kompaniyasi joriy yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida yirik logistika markazi qurilishini boshlashni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Ukraina transport strategiyalari markazi (TSM) maʼlumotiga tayanib.
Taʼkidlanishicha, Loyihaga kiritiladigan sarmoya hajmi 288 million dollarga baholanmoqda. Kompaniya vakillari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tamal toshini qo‘yish marosimida ishtirok etishga taklif qilgan. Bo‘lajak majmua yiliga 20 million tonnagacha yukka va 150 mingta konteynerga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladi.
Markaz tarkibiga temiryo‘l aloqasiga ega quruq port, bojxona infratuzilmasi va omborxona quvvatlari kiradi. Birinchi bosqichda 63 ming kvadrat metr maydonga ega omborxona majmuasi hamda temiryo‘l terminalini qurish rejalashtirilgan.
“DP World” kompaniyasi ushbu loyiha yuk tashish samaradorligini va O‘zbekistonning transport bog‘liqligini oshirishi, savdo tartib-taomillarini soddalashtirib, Markaziy Osiyoning logistika imkoniyatlarini kuchaytirishiga ishonch bildirmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi