“The Nation”: Iqtisodiy hamkorlik O‘zbekistonning SHHTdagi ishtirokining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda

Avgust 28, 2026. 19:00 • 2 daq

113
“The Nation”: Iqtisodiy hamkorlik O‘zbekistonning SHHTdagi ishtirokining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda

ISLOMOBOD, 28-avgust. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “The Nation” nashrida O‘zbekistonning SHHTdagi roli, iqtisodiyot, xavfsizlik va mintaqaviy hamkorlikka bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada qayd etilishicha, SHHT aʼzosi bo‘lgan O‘zbekiston tashkilot taraqqiyotida muhim rol o‘ynamoqda. O‘tgan davr ichida mamlakat tashkilotga to‘rt marta raislik qilgan. Davlat rahbarlarining Toshkentda (2004, 2010, 2016) hamda Samarqandda (2022) o‘tkazilgan sammitlari yuksak saviyada tashkil etilgan.

Hozirda O‘zbekiston tashkilotning joriy kun tartibini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda. Xavfsizlik masalalari, savdo-iqtisodiy hamkorlik, sanoat va texnologik hamkorlik, madaniy-gumanitar aloqalar va mintaqaviy aloqalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Iqtisodiy hamkorlik O‘zbekistonning SHHTdagi ishtirokining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekistonning SHHTga aʼzo davlatlar bilan savdo aloqalari tobora o‘sib bormoqda. 2025-yilda mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 81,2 milliard dollarga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 20,7 foizga ko‘pdir. Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston eng yirik savdo sheriklari bo‘lib, ular umumiy tashqi savdoning taxminan 43 foizini tashkil qiladi.

Nashrda taʼkidlanishicha, dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan O‘zbekiston uchun yo‘nalish tarmog‘ini kengaytirish barqaror iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti hisoblanadi. Shu maʼnoda, hozirda qurilayotgan “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘li alohida ahamiyatga ega.

Yillar davomida tashkilot terrorizm, separatizm va ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish uchun samarali tizim yaratdi. Bunda O‘zbekiston tomonining taklif va tashabbuslari alohida ahamiyatga egadir.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish