Logo

Xivadagi “Lazgi” festivali Pokiston matbuotida yoritildi

May 08, 2026. 20:00 • 2 daq

95
Xivadagi “Lazgi” festivali Pokiston matbuotida yoritildi

ISLOMOBOD, 8-may. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “The Express Tribune” gazetasida III “Lazgi” xalqaro raqs festivaliga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“O‘zbekistonning qadimiy Xiva shahrida o‘tkazilgan III “Lazgi” xalqaro raqs festivali yuksak saviyada bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbirda ko‘plab mamlakatlar qatori Pokiston ham faol qatnashdi”, – deya yozilgan maqolada.

Materialda taʼkidlanishicha, “Lazgi” xalqaro raqs festivalida 80 ta mamlakatdan raqs sanʼati ustalari, taniqli olimlar, jurnalistlar, akademiklar va ijrochilar ishtirok etgan.

Festival doirasida O‘zbekiston–Turkiy davlatlar qo‘shma madaniy komissiyasining yig‘ilishi, TURKSOY tashkilotiga aʼzo davlatlaridagi sanʼat va raqs sohasidagi oliy taʼlim muassasalari rektorlari majlisi, “Turkiy dunyo anʼanaviy raqs antologiyasi” mavzusida konferensiya hamda “Etnomadaniy forum” bo‘lib o‘tdi.

“Pokiston delegatsiyasi tarkibida doktor Shoziya Anvar Chima va Vikas Kumar festival doirasida o‘tkazilgan ilmiy anjumanda taqdimot namoyish etdi. Eʼtiborlisi, doktor Shoziya Anvar Chimaning “Lazgi” raqsining Panjob ijrochilik sanʼatiga taʼsiriga bag‘ishlangan ilmiy maqolasi xalqaro konferensiya hujjatlari to‘plamida nashr etish uchun maʼqullandi”, – deb yozilgan maqolada.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish