"Associated Press of Pakistan" AA: O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ekologik hamkorlik strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilyapti

Iyun 30, 2026. 10:00 • 2 daq

96
"Associated Press of Pakistan" AA: O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ekologik hamkorlik strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilyapti

ISLOMOBOD, 30-iyun /“Dunyo” AA/. Pokistonning “Associated Press of Pakistan” axborot agentligida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ekologik hamkorlik aloqalariga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada yozilishicha, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ekologik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilib, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, bioxilma-xillikni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish va ilmiy hamkorlikka qaratilgan uzoq muddatli strategik sheriklik shakliga aylanmoqda.

Iqlim o‘zgarishi, cho‘llanish, bioxilma-xillikning kamayishi va havo ifloslanishi kabi global ekologik muammolar tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda O‘zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlimga bardoshlilikni milliy taraqqiyot kun tartibining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgiladi. Shu nuqtai nazardan, AQSh bilan hamkorlikni kengaytirish mamlakatning xalqaro ekologik siyosatida muhim o‘rin tutadi.

Ikki tomonlama hamkorlikning asosiy maydonlaridan biri “C5+1” muloqot platformasi bo‘lib, unda O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha milliy qo‘mitasi Atrof-muhit va energetika bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyatida faol ishtirok etmoqda. Mazkur muloqot Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqish hamda ekologik masalalar bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash imkonini beradi.

So‘nggi yillarda taʼlim almashinuvlari, xalqaro forumlar va malaka oshirish dasturlari orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada faollashdi.

Nashrda taʼkidlanishicha, 2025-yilda Toshkentdagi “Green University” va Kolumbiya universitetining Barqaror rivojlanish markazi o‘rtasida imzolangan memorandum ekologiya va iqlim sohasidagi qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni sezilarli darajada kengaytirishi kutilmoqda.

Shuningdek, AQShning barqaror o‘rmon xo‘jaligi va ekotizimlarni monitoring qilish bo‘yicha ilg‘or tajribasi O‘zbekistonning buzilgan landshaftlarni tiklash va ekologik boshqaruv tizimini mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlariga muhim hissa qo‘shishi mumkinligi qayd etilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish