“The Conversation”: O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtiroki Markaziy Osiyo uchun muhim tarixiy voqeaga aylandi
Iyun 30, 2026. 11:30 • 2 daq
• 96
LONDON, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. Nufuzli “The Conversation” xalqaro nashri O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi ishtirokini Markaziy Osiyo uchun muhim tarixiy voqea sifatida baholadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda taʼkidlanishicha, O‘zbekistonning 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanma olishi mamlakat sporti tarixidagi muhim yutuq bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlari orasida ushbu musobaqada ishtirok etayotgan ilk mamlakat sifatida tarixga kirgan.
Muallif ushbu voqeani Markaziy Osiyoda keyingi yillarda kuzatilayotgan ijobiy o‘zgarishlar va mintaqaning barqaror taraqqiyoti bilan bog‘lagan. Qayd etilishicha, 1990-yillarda qator g‘arb tahlilchilari Markaziy Osiyoni mojarolar va beqarorlik xavfi yuqori bo‘lgan hudud sifatida baholagan bo‘lsa-da, bu kabi tahminlar amalda o‘z tasdig‘ini topmagan.
Maqolada Farg‘ona vodiysi misolida mintaqada o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida erishilgan natijalarga alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, 2025-yil mart oyida imzolangan Xo‘jand deklaratsiyasi chegara masalalarini hal etish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholansa, shu yilning oktyabr oyida o‘tkazilgan Farg‘ona vodiysi tinchlik forumi mintaqaviy muloqot va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qilgan muhim maydon sifatida eʼtirof etilgan.
Nashrxulosasigako‘ra, MarkaziyOsiyotajribasinorasmiydiplomatiyavamintaqaviyhamkorlikningsamaradorligininamoyonetmoqda. O‘zbekistonningjahonchempionatidagiishtirokiesamintaqadagibarqarorlik, o‘zaroishonchvaxalqaronufuzmustahkamlanibborayotganiningramziyifodasisifatidabaholangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi