Logo

“Kierunek Kaukaz”: O‘zbekiston mudofaa doktrinasi qayta ko‘rib chiqadi

Yanvar 28, 2026. 16:35 • 2 daq

120
“Kierunek Kaukaz”: O‘zbekiston mudofaa doktrinasi qayta ko‘rib chiqadi

VARSHAVA, 28-yanvar. /“Dunyo” AA/. Polshaning mashhur “Kierunek Kaukaz” elektron portalida jurnalist Kasper Oxmanning O‘zbekiston mudofaa sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan maqolasi eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada yozilishicha, O‘zbekiston Prezidenti Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida mamlakat mudofaa doktrinasini qayta ko‘rib chiqishni taklif qilgan.

Taʼkidlanishicha, sakkiz yil avval qabul qilingan Mudofaa doktrinasi hamda 1997-yilgi Milliy xavfsizlik konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgan. Shavkat Mirziyoyev tez o‘zgaruvchan mintaqaviy va global vaziyatni hisobga olgan holda mamlakat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash zarurligini taʼkidlagan.

“Yig‘ilishda Mudofaa sohasida xavf-xatar va tahdidlarning oldini olishga qaratilgan tizimli va faol yondashuvga o‘tish zarurligi aytilgan. Prezident so‘zlariga ko‘ra, mamlakat Qurolli Kuchlarini modernizatsiya qilish harakatchanlik, ishlab chiqarish quvvatlari va boshqaruv samaradorligini oshirish, raqamli yechimlar va zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanishga asoslanishi kerak”, deya yozilgan materialda.

Nashrda qayd etilishicha, O‘zbekiston yetakchisi texnologik darajani va barqarorlikni oshirish uchun mudofaa sanoatini rivojlantirish, sunʼiy intellekt elementlari bilan bir qatorda raqamli yechimlarni joriy etishga chaqirgan. Shu bilan birga, armiyaning inson kapitalini rivojlantirish, harbiy taʼlim tizimini, Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetini raqamli va intellektual taʼlim texnologiyalaridan foydalangan holda yanada takomillashtirish muhimligi taʼkidlagan.

Bundan tashqari, harbiy xizmatchilarga professional ko‘nikmalarni egallash va demobilizatsiyadan keyin haqiqiy istiqbollarni ro‘yobga chiqarish imkonini beradigan harbiy xizmatning yangi modelini yaratish bo‘yicha vazifalar qo‘yilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish