Buxoroda bo‘lib o‘tadigan II Osiyo xotin-qizlar forumi Pokiston OAVda keng yoritilmoqda
Aprel 13, 2026. 10:03 • 2 daq
• 228
ISLOMOBOD, 13-aprel. /“Dunyo” AA/. Pokistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan II Osiyo xotin-qizlar forumi haqidagi axborot maqolalarni keng yoritmoqda, deb xabar qiladi “Dunyo” AA muxbiri.
Xususan, ushbu mamlakatning “Metro Morning”, “Daily Independent”, “The Gulf Observer”, “Media Online Today”, “The World News”, “World News Pakistan”, “Daily Financial Times”, “The Daily Morning News”, “The Diplomatic Insight”, “Global News Pakistan”, “The AZB”, “Infora News” kabi nashrlarda shu yil may oyida Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan II Osiyo xotin-qizlar forumi haqida maqolalar eʼlon qilindi.
Nashrlarda Oliy Majlis Senatida II Osiyo xotin-qizlar forumini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani xabar qilingan.
“Senati raisi Tanzila Norboyeva olib borgan yig‘ilishda II Osiyo xotin-qizlar forumini “BMT–ayollar” tuzilmasi va BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan birgalikda joriy yil 13–15-may kunlari Buxoro shahrida o‘tkazish belgilandi”, – deyiladi manbalarda.
Pokiston OAV yozganidek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida (2025-yil 23–29-sentyabr) Osiyo xotin-qizlari forumini doimiy platformaga aylantirish taklifini ilgari surgan edi.
Anjuman doirasida mintaqa xotin-qizlarining siyosat, iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash va taʼlim, ijtimoiy himoya, iqlim, ekologiya va boshqaruv sohalaridagi huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama etiladi. Bu boradagi global va mintaqaviy hamkorlik yanada mustahkamlanadi va o‘zaro tajriba almashiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi