28-30-aprel kunlari Toshkentdagi “CAEx Uzbekistan” majmuasida “TIHE” va “Beauty Uzbekistan” ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi
Aprel 13, 2026. 12:18 • 3 daq
• 91
TOSHKENT, 13-aprel. /“Dunyo” AA/. 28–30-aprel kunlari Toshkentda tibbiyot va estetika sohalari mutaxassislari uchun “Go‘zallik va sog‘liq sinergiyasi” konsepsiyasi doirasida bir qancha muhim tadbirlar bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xususan, ushbu tadbirlar doirasida:
· “Sog‘liqni saqlash: TIHE 2026” – 30-yubiley Toshkent xalqaro ko‘rgazmasi;
· “Beauty Derma Central Asia 2026” – estetik tibbiyot, apparatli kosmetologiya va qarishga qarshi parvarish ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmasi;
· “Beauty Uzbekistan 2026” – go‘zallik va parfyumeriya-kosmetika sanoatining ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Qo‘shma ekspozitsiyada 21 mamlakatdan 400 ta kompaniya va brend ishtirok etishi rejalashtirilgan. Jumladan: BAA, Belarus Respublikasi, Chexiya, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Latviya, Niderlandiya, Ozarbayjon, Pokiston, Polsha, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, Ukraina, Xitoy va. O‘zbekiston.
Tadbir tashkilotchilari – “Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori “ICA Eurasia Group”.
Tadbirlar “CAEx Uzbekistan” ko‘rgazma majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmalarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish avjida! Ishtirok etish uchun ko‘rgazma veb-saytlarida ro‘yxatdan o‘ting: www.tihe.uz va www.beautypro.uz
Toshkent Xalqaro “Sog‘liqni saqlash – TIHE” ko‘rgazmasi o‘zining 30 yilligini nishonlamoqda. O‘ttiz yil davomida TIHE nafaqat O‘zbekistonning yetakchi tibbiy ko‘rgazmasi maqomini mustahkamladi, balki mamlakatning birinchi xalqaro sog‘liqni saqlash ko‘rgazmasi sifatida tarixga kirdi. Bu zamonaviy ko‘rgazma sanoati va jahon hamjamiyati bilan professional muloqotning boshlanishini belgilab berdi.
Bu yil “TIHE 2026” ko‘rgazmasida zamonaviy sog‘liqni saqlashning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, tibbiy texnologiyalar va diagnostika uskunalari, laboratoriya uskunalari va sarf materiallari, tibbiyot muassasalari uchun mebellar, dorilar va tibbiy asbob-uskunalar, farmatsevtika sanoati uchun texnologiyalar, stomatologiya qurilmalari va eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan boshqa innovatsion ishlanmalar namoyish etiladi.
“Beauty Derma Central Asia 2026” ko‘rgazmasida qarishga qarshi tibbiyot va estetik kosmetologiya uchun yechimlar: plastik jarrohlik uchun uskunalar va texnologiyalar, apparat va lazer kosmetologiyasi, ineksion kosmetologiya uchun preparatlar namoyish etiladi.
“Beauty Uzbekistan 2026” ko‘rgazmasida go‘zallik sanoatining keng ko‘lamli innovatsion yechimlari, jumladan, professional terini parvarish qilish, shaxsiy gigiyena va maishiy kimyoviy moddalar, atirlar va xushbo‘y moddalar, dekorativ kosmetika, sochni parvarish qilish hamda kosmetika sanoati uchun keng qamrovli qadoqlash liniyalari taqdim qilinadi.
“Beauty Uzbekistan 2026” ko‘rgazmasining bosh homiysi BIOGEL funksional biorevitalizantlar brendi.
Germaniya, Xitoy, Hindiston, Latviya, Koreya Respublikasi va Polsha milliy pavilyonlari ishtiroki rejalashtirilgan.
Tatariston Respublikasi, Moskva viloyati, Sankt-Peterburg va Koreya Respublikasi kompaniyalarining jamoaviy ishtiroki kutilmoqda.
Ko‘rgazmalarning biznes dasturi tadbirlarga boy bo‘ladi: sog‘liqni saqlashdagi zamonaviy texnologiyalar, O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining dolzarb tendensiyalari va strategik rivojlanish yo‘nalishlari, estetik tibbiyot va qarishga qarshi kosmetologiya bo‘yicha sessiyalar.
Biznes dasturining homiysi “Gippo” brendi ostidagi bolalar ovqatlari ishlab chiqaruvchi “Chernogolovka” kompaniyasidir.
Rasmiy qo‘llab-quvvatlash:
§ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobat va sanoatni rivojlantirish masalalari qo‘mitasi.
§ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
§ O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.
§ O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi.
§ O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi.
§ O‘zbekiston stomatologlari uyushmasi.
§ Toshkent shahar hokimligi.
Qo‘shimcha maʼlumot olish uchun quyidagi raqamga murojaat qiling:
Tel: + 998 71 205-14-14.
Email: tihe@iteca.uz yoki beautypro@iteca.uz
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi