“Ritm Yevrazii”: Toshkentda Rossiya–O‘zbekiston ijtimoiy loyihalar forumi o‘tkazildi

Avgust 23, 2026. 17:00 • 2 daq

140
“Ritm Yevrazii”: Toshkentda Rossiya–O‘zbekiston ijtimoiy loyihalar forumi o‘tkazildi

MOSKVA, 23-avgust. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning “Ritm Yevrazii” nashrida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy loyihalar forumi haqida maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada yozilishicha, ushbu forum Rossiya va O‘zbekiston volontyorlari (ko‘ngillilari) o‘rtasida tajriba almash maqsadida tashkil etildi. Unda ishtirokchilar ikki yillik qo‘shma ish rejasi bo‘yicha o‘zaro kelishib olgan.

Kelishuvga ko‘ra, Rossiya–O‘zbekiston “DOBRO” loyiha ofisi hamda “Ko‘ngillilar ijtimoiy loyihalar kengashi” bo‘yicha tajriba almashish, tashabbuslarni amalga oshirish, doimiy platforma yaratish ishlari amalga oshiriladi.

Nashrda xabar qilinishicha, forumda qatnashish uchun rus ishbilarmonlari, xususan, “VK”, “HH”, “Yevraziya”, “Birinchilar harakati”, Rossiya temir yo‘llari hamda turli hududlardagi jamg‘arma vakillari Toshkentga kelgan.

O‘zbekiston tomonidan mamlakatdagi turli jamg‘arma va tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi. Munozaralarda ko‘ngillilar infratuzilma, inklyuzivlik, korporativ ijtimoiy masʼuliyat, NNTlarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash va taʼlim yo‘nalishlarida fikr-mulohaza almashdi.

Materialda Rossiya Davlat dumasining yoshlar siyosati qo‘mitasi raisi, “Dobro.rf” ekotizimi rahbari Artem Metelev fikrlari bayon qilingan.

“Rossiya–O‘zbekiston hamkorligi endi faqat uchrashuvlar bilan cheklanib qolmay, ko‘ngillilik, yoshlar va ijtimoiy loyihalarni qamrab olgan tizimli sheriklikka aylanmoqda. Tomonlarni umumiy qadriyat va maqsadlar birlashtiradi. O‘zbekistonning raqamli xizmatlar, yoshlar bilan ishlash va davlat–jamiyat hamkorligi borasidagi tajribasi Rossiya uchun qiziqish uyg‘otmoqda”, – dedi Artem Metelev.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish