Rossiya OAV: O‘zbekistonning SHHT davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Avgust 30, 2026. 11:30 • 2 daq

94
Rossiya OAV: O‘zbekistonning SHHT davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

SANKT-PETERBURG, 30-avgust. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning “Russia News” va “News of Russia” nashrlari O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari kengayib borayotganiga bag‘ishlangan maqolalarni e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrlarda yozilishicha, 2017–2025-yillarda O‘zbekistonning SHHT davlatlari bilan tovar aylanmasi 3,1 barobar oshib, 40,6 milliard dollarga yetgan. 2025-yilda tashkilot davlatlaridan jalb qilingan investitsiyalar hajmi 17,5 milliard dollarni tashkil etgan. Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston mamlakatimizning asosiy savdo hamkorlari sifatida qayd etilgan.

Materiallarda transport-logistika yo‘laklarini rivojlantirish, jumladan, Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston va O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston temir yo‘l loyihalarini amalga oshirish mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning muhim yo‘nalishlari qatorida ko‘rsatilgan.

Maqolalarda, shuningdek, SHHTning iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan yangi mexanizmlari, jumladan, 2035-yilgacha bo‘lgan Taraqqiyot strategiyasi va SHHT Taraqqiyot bankini tashkil etish bo‘yicha qaror kelgusida qo‘shma investitsiyaviy, infratuzilmaviy va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish uchun muhim asos bo‘lishi ta’kidlangan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish