Ukrainaning onlayn taksi xizmati Farg‘ona vodiysining beshta shahrida o‘z faoliyatini boshladi

Avgust 29, 2026. 11:00 • 47 soniya

124
Ukrainaning onlayn taksi xizmati Farg‘ona vodiysining beshta shahrida o‘z faoliyatini boshladi

KIYEV, 29-avgust. /“Dunyo” AA/. Ukrainaning “Kyiv Diplomatic” nashrida O‘zbekistonda “Uklon” onlayn taksi buyurtma qilish servisi faoliyati kengaytirilayotganiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda yozilishicha, 5-avgustdan boshlab servis Farg‘ona vodiysining Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Namangan va Andijon shaharlarida bosqichma-bosqich ishga tushirilgan.

Maqolada “Uklon” O‘zbekistonda 2023-yil iyun oyidan buyon faoliyat yuritayotgani qayd etilgan. Kompaniya maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yilda Toshkentda servis orqali 15 milliondan ortiq xizmat ko‘rsatilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish