YETTB 2026-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi prognozini 7,5 foizgacha oshirdi
Sentabr 26, 2026. 18:00 • 2 daq
• 117
KIYEV,26-sentabr. /«Dunyo» AA/. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) 2026-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish prognozini 6,5 foizdan 7,5 foizga oshirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Ukrainaning «Fixygen» axborot portaliga tayanib.
YETTB prognoziga ko‘ra, 2027-yilda O‘zbekistonning real yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 6 foizni tashkil etadi.
Bank-2026-yilning birinchi yarmida iqtisodiy faollikning tezlashganini qayd etmoqda. Yanvar–iyun oylarida YAIM yillik hisobda 8,5 foizga o‘sdi. Eng katta hissani xizmat ko‘rsatish sohasi qo‘shdi — 4,4 foiz punkt. Qayta ishlash sanoatida ishlab chiqarish 8,8 foizga, tovar aylanmasi esa 13,5 foizga oshdi.
Ushbu davrda asosiy kapitalga investitsiyalar 17,5 foizga oshdi. YETTB O‘zbekiston Markaziy Osiyoning energetika sohasiga kiritilayotgan yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylanganini ta’kidlaydi.
Shu bilan birga, bank iqtisodiy o‘sish uchun bir qator xavf-xatarlarni ko‘rsatib o‘tadi. Ular orasida Rossiya iqtisodiyotining ehtimoliy sekinlashishi va energiya resurslariga jahon narxlarining yuqoriligi fonida Rossiya yoqilg‘isini yetkazib berishdagi uzilishlar mavjud.
YETTB baholashicha, iyul oyida inflyatsiya yillik hisobda 6,4 foizgacha tezlashgan. Markaziy bankning asosiy stavkasi 2025-yil mart oyidan boshlab 14 foiz darajasida saqlanib qolmoqda.
Tashqi savdo ham turli yo‘nalishdagi dinamika bilan ajralib turdi. 2026-yilning yanvar–iyul oylarida oltin yetkazib berishning qisqarishi tufayli eksport 4,5 foizga kamaydi, import esa 17,8 foizga oshdi. Natijada savdo balansi taqchilligi ikki barobardan ko‘proqqa – 9,7 milliard dollargacha oshdi.
2026-yil o‘rtasiga kelib, O‘zbekistonning davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 27 foiziga yetdi. Shu bilan birga, mamlakatning xalqaro zaxiralari yillik hisobda 32 foizga oshib, iyul oyi oxirida 64 milliard dollarni tashkil etdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 7,7 foizga o‘sgan. Mamlakat hukumati-2026-yilda iqtisodiyotning 8,1 foizga o‘sishini kutmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi