Polsha matbuoti: O‘zbekiston va Pokiston Xitoy orqali savdo yo‘llarini kengaytirmoqda
Sentabr 05, 2026. 13:30 • 53 soniya
• 123
VARSHAVA, 5-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Pokiston Afg‘oniston hududini chetlab o‘tib, Xitoy orqali ikki tomonlama savdoni kengaytirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Kierunek Kaukaz” portaliga tayanib.
Maqolada qayd etilishicha, yaqin vaqt ichida tomonlar tegishli protokolni imzolashni rejalashtirmoqda. Hujjat mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq tahdidlar sharoitida ikki davlat o‘rtasidagi tranzit imkoniyatlarini kengaytirish va yuklarni uzluksiz yetkazib berishni taʼminlashga qaratilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston bir vaqtning o‘zida Transafg‘on temir yo‘li loyihasi ustida ham ish olib bormoqda. Ushbu loyiha O‘zbekiston mahsulotlarini Pokistonning dengiz portlariga tezroq yetkazib berish imkonini yaratishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi