“The World News”: O‘zbekiston Prezidenti mahalla odamlar uchun chinakam ishonch, tayanch va imkoniyatlar markaziga aylanishi zarurligini ta’kidladi

Iyul 21, 2026. 09:00 • 2 daq

191
“The World News”: O‘zbekiston Prezidenti mahalla odamlar uchun chinakam ishonch, tayanch va imkoniyatlar markaziga aylanishi zarurligini ta’kidladi

ISLOMOBOD, 21-iyul. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “The World News” ommabop onlayn nashri O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda «mahalla yettiligi» faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishiga bag‘ishlangan maqolani e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri

Nashrda qayd etilishicha, yig‘ilishda mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jinoyatchilikni jilovlash, aholi muammolarini hal etish va «yettilik» mas’uliyatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti mahalla odamlar uchun chinakam ishonch, tayanch va imkoniyatlar markaziga aylanishi zarurligini ta’kidladi.

Maqolada mahalla boshqaruvini samarali tashkil qilish bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti farmoni imzolangani, unga ko‘ra, mahalla raisi ijtimoiy muammolarni qayd etuvchi shaxsdan o‘z hududining “iqtisodiy buyurtmachisi”ga aylanishi kerakligi ta’kidlangan

«Endi har bir mahalla raisi o‘z hududining iqtisodiy va ijtimoiy buyurtmasini shakllantiradi. Bunda muammo aniq hisob-kitob qilinadi, loyiha tayyorlanib, mas’ul tashkilotlarga vazifa qo‘yiladi. Mahallalarda xususiy bog‘cha, maktab, klinika va sport inshootlari qurish uchun yerni auksionga chiqarish vakolati ham mahalla raislariga beriladi», – deyilgan maqolada.

Shuningdek, materialda, O‘zbekiston rahbari mahalla raisi ijtimoiy muammolarni hal qilish, tozalikni ta’minlash va daromadni ko‘paytirishga xizmat qiladigan loyihalarda tashabbuskor bo‘lishi zarurligini ta’kidlagani urg‘ulangan. Bunday loyihalar uchun “mahalla yettilik”lariga 10 million so‘mdan grant ajratiladi. Ushbu maqsadlar uchun jami 240 milliard so‘m resurs shakllantiriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti mahalla raisi o‘z hududining haqiqiy boshqaruvchisi bo‘lishi shartligini alohida qayd etdi, deb ta’kidlangan.

Pokiston elektron nashri yozganidek, O‘zbekistonda 2026-yil «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» deb e’lon qilingan. Shuningdek, bu yil O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz» degan ezgu g‘oya asosida keng nishonlanadi. O‘zbekiston xaqining Eng ulug‘, eng aziz bayramini mahallalarda ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun «Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi» e’lon qilingan.

«The World News» onlayn nashri tarqatgan maqola yakunida yig‘ilish davomida mutasaddilarning axborotlari tinglangani va mahalla vakillari bilan muloqot qilingani to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘quvchilar e’tiboriga taqdim qilingan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish