“Turkinform”: O‘zbekiston Prezidentining Serbiyaga tashrifi – ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tardi
Sentabr 11, 2026. 11:30 • 2 daq
• 185
ANQARA, 11-sentabr. /“Dunyo” AA/. Turkiyaning “Turkinform” axborot portalida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifiga bag‘ishlangan tahliliy maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidentining tarixda ilk bor amalga oshirgan ushbu tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yuksak darajaga ko‘targan. Muallif Belgraddagi muzokaralar ko‘p qirrali hamkorlikning yangi bosqichini ochib, oliy darajadagi siyosiy muloqotni mustahkamlaganini taʼkidlagan.
Tomonlar ikki xalq o‘rtasidagi anʼanaviy do‘stlik rishtalarini hamkorlikning poydevori deb hisoblab, uning bugungi holati va istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdi.
Maqolada mehmondo‘stlikning ramziy ishoralariga alohida eʼtibor qaratilgan. O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi sharafiga Belgradning bosh inshootlaridan biri – “Kula Belgrade” osmono‘par binosi O‘zbekiston davlat bayrog‘i ranglari bilan bezatildi.
Material xulosasida Belgraddagi uchrashuvlar o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash, o‘zaro ishonchni kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam zamin yaratgani qayd etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi