“Ambasador” jurnali: O‘zbekiston islohotlar va kelajak taraqqiyoti chorrahasida

Noyabr 02, 2026. 15:00 • 2 daq

• 209
“Ambasador” jurnali: O‘zbekiston islohotlar va kelajak taraqqiyoti chorrahasida
“Ambasador” jurnali: O‘zbekiston islohotlar va kelajak taraqqiyoti chorrahasida
“Ambasador” jurnali: O‘zbekiston islohotlar va kelajak taraqqiyoti chorrahasida
“Ambasador” jurnali: O‘zbekiston islohotlar va kelajak taraqqiyoti chorrahasida

VARSHAVA, 2-noyabr. /“Dunyo” AA/. Polshaning nufuzli “Ambasador” jurnalining oktyabr sonida O‘zbekistonga bag‘ishlangan qator maqolalar va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori Eldor To‘lyakov bilan intervyu e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Jurnalda chop etilgan “O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligini nishonlamoqda” sarlavhali maqolada Varshava shahrida o‘tkazilgan tantanali qabul marosimi haqida so‘z yuritilgan. Unda O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Amirsaid Agzamxodjayev ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun bir qator polshalik siyosiy, ishbilarmon va ilmiy doiralar vakillariga tashakkurnomalar topshirgani qayd etilgan.

Shuningdek, Varshava universiteti Muzeyida o‘tkazilgan davra suhbatiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston - 2030: islohotlar va kelajak nigohi” sarlavhali maqola chop etildi. Unda Polshaning sobiq prezidenti Aleksandr Kvasnevskiy va boshqa ekspertlar ishtirokida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining polyak tilidagi nashri tanishtirilgani hamda mamlakatdagi keng ko‘lamli islohotlar muhokama qilingani yoritilgan.

Nashrda e’lon qilingan yana bir maqolada Eldor To‘lyakov davlat boshqaruvini raqamlashtirish mamlakatdagi eng o‘zgartiruvchi islohotlardan biri ekanini ta’kidlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2030-yilga borib O‘zbekiston YIM hajmini 240 milliard dollardan oshirish, har bir fuqaroga to‘g‘ri keladigan YAIM miqdorini 5800 dollardan yuqori qilish hamda qayta tiklanuvchi energetika ulushini 54 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda. U Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni kengaytirishda, xususan, Polsha muhim “ko‘prik” vazifasini bajarishi mumkinligini qayd etgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish