O‘zbekistonning 10 mingta maktabi "Canva" platformasiga bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Iyul 12, 2026. 13:21 • 2 daq

122
O‘zbekistonning 10 mingta maktabi "Canva" platformasiga bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi
O‘zbekistonning 10 mingta maktabi "Canva" platformasiga bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi
O‘zbekistonning 10 mingta maktabi "Canva" platformasiga bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi
O‘zbekistonning 10 mingta maktabi "Canva" platformasiga bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi

PARIJ, 12-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov boshchiligidagi delegatsiyaning Fransiyaga xizmat safari amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Delegatsiya a’zolari tashrif doirasida Parij shahrida Fransiyaning yetakchi ta’lim muassasalari va xalqaro kompaniyalari rahbariyati bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasida maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, fransuz tili ta’limini rivojlantirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda ta’lim tizimini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, “Hachette Livre” nashriyot guruhi bilan fransuz tili darsliklarini yetkazib berish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha bitim imzolandi.

Shu bilan birga, “France Éducation International” rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari uchun Fransuz tili ta’limi bo‘yicha mintaqaviy markaz hamda fransuz tilini o‘qitish metodikasi bo‘yicha O‘zbekiston–Fransiya qo‘shma kompetensiyalar markazini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Fransiya tomoni O‘zbekistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari fransuz tili o‘qituvchilari uchun ilk mintaqaviy malaka oshirish sessiyasini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

Tashrif doirasida Avstraliyaning dunyoda yetakchi raqamli ta’lim platformalaridan biri — “Canva” kompaniyasi rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekistondagi barcha davlat umumta’lim maktablariga uch yil muddatga “Canva for Education” platformasidan bepul foydalanishni nazarda tutuvchi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Mazkur loyiha doirasida mamlakatdagi 10 mingdan ortiq davlat maktabi ushbu platformadan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish