Pokiston telekanalida o‘zbek futboli yutuqlariga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish qilindi

Iyul 11, 2026. 09:00 • 2 daq

194
Pokiston telekanalida o‘zbek futboli yutuqlariga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish qilindi

ISLOMOBOD, 11 - iyul. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “Discover Pakistan” davlat telekanalida “O‘zbek futboli: orzu, sabr va g‘urur tarixi” nomli hujjatli film namoyish etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Pokistonlik tomoshabinlar mazkur film orqali futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatiga qay tariqa yo‘l olgani haqida boxabar bo‘ldi. Hujjatli asarda O‘zbekiston futboli tarixi, shakllanishi va taraqqiyoti keng yoritilgan.

Filmda o‘zbek futbolining XX asr boshidagi ilk o‘yinlaridan tortib, terma jamoaning jahon chempionatida ishtirok etishigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan kishilar haqida ham ko‘plab ma’lumotlar keltirilgan.

Kino loyihada qahramonlar sifatida taniqli o‘zbek sportchilari, hozirda O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynayotgan futbolchilar, murabbiylar, hakamlar va jurnalistlar ishtirok etgan.

Hujjatli film oxirida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston futboli – bu shunchaki orzuning ro‘yobga chiqishi emas. Bu unga yillar davomida ishongan, umid bilan kurashgan va o‘z hissasini qo‘shgan avlodlarning munosib mukofotidir”.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish