2025-yil yanvar-noyabr oylarida 80 mingdan ortiq chet ellik davolanish uchun O‘zbekistonga kelgan
Yanvar 09, 2026. 12:57 • 35 soniya
• 131
TOSHKENT, 9-yanvar. /“Dunyo” AA/. 2025-yilning yanvar oyidan noyabr oyiga qadar O‘zbekistonga davolanish maqsadida 80 ming 653 nafar chet el fuqarosi tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Bemorlarning aksariyati qo‘shni davlatlar vakillaridir. Tojikiston birinchi o‘rinda – 55 851 kishi, Qirg‘iziston ikkinchi o‘rinda – 14 ming 296 kishi, uchinchi o‘rinda esa Qozog‘iston (7 ming 633) qayd etilgan. Rossiyadan 1 ming 820 nafar, Afg‘onistondan esa 678 nafar bemor kelgan.
O‘zbekiston shifoxonalari uzoq xorij davlatlarining ham eʼtiborida. Jumladan, mamlakatga Turkiya (47 kishi), AQSh (15), Xitoy (15) va Ozarbayjon (10) fuqarolari tashrif buyurgan. Qolgan 69 nafar bemor boshqa davlatlardan kelgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi