Logo

O‘zbekiston AQSh bilan investitsiyaviy sheriklikni kengaytirmoqda

Yanvar 09, 2026. 11:02 • 33 soniya

262
O‘zbekiston AQSh bilan investitsiyaviy sheriklikni kengaytirmoqda

TOSHKENT, 9-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston hududida AQSh kapitali ishtirokida 336 ta korxona faoliyat yuritmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, ulardan 146 tasi qo‘shma korxona, 190 tasi esa to‘liq xorijiy korxonalardir. Kompaniyalarning eng ko‘p qismi poytaxtda jamlangan – Toshkent shahrida 237 ta korxona ishlamoqda. Viloyatlar kesimida Amerika investorlari eng ko‘p Toshkent viloyati (31 ta korxona) va Samarqand viloyatida (19 ta) mavjud. Mamlakatimizning qolgan hududlarida 50 ga yaqin kompaniya faoliyat olib bormoqda.

Qo‘shma korxonalar va to‘liq Amerika kompaniyalari sonining o‘zgarish dinamikasi xorijiy investorlarning mamlakat iqtisodiyotiga bo‘lgan ishonchi hamda O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhiti barqarorligini aks ettiradi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish