Brayan Fitspatrik: O‘zbekistonga tashrif buyurib, islohotlarni bevosita ko‘rish niyatidaman

Avgust 24, 2026. 08:10 • 2 daq

183
Brayan Fitspatrik: O‘zbekistonga tashrif buyurib, islohotlarni bevosita ko‘rish niyatidaman

VASHINGTON, 24-avgust. /“Dunyo” AA/. AQSH Kongressi Vakillar palatasi aʼzosi Brayan Fitspatrik mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi.

– Avvalo, O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.

Men Pensilvaniya shtatining 1-saylov okrugidan saylangan kongressmenman. Okrugimiz tarkibiga kiruvchi Filadelfiya shahri atrofida o‘zbek jamoasining salmoqli qismi istiqomat qiladi. Eng yirik o‘zbek diaspora tuzilmalaridan biri hisoblangan “Vatan Alliance Global” bilan mustahkam aloqa o‘rnatganmiz va hamkorligimiz izchil rivojlanmoqda.

Aytish lozimki, mustaqillikka erishish har bir xalq hayotida murakkab va muhim tarixiy jarayon hisoblanadi. 250 yil muqaddam mustaqillikni qo‘lga kiritgan AQSH bilan 35 yil avval istiqlolga erishgan O‘zbekiston o‘rtasida muayyan o‘xshashlik mavjud.

Mustaqillik, erkinlik va o‘z taqdirini o‘zi belgilash har bir xalq uchun mushtarak qadriyat hisoblanadi. Istiqlolni har dam asrab-avaylash, himoya qilish va yana-da mustahkamlash zarur.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi paytlarda yana-da rivojlandi. Mamlakatingizda ro‘y berayotgan islohotlarni doimiy ravishda kuzatib kelaman. O‘zbekistonga tashrif buyurib, bu zaminda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni bevosita o‘z ko‘zim bilan ko‘rish niyatidaman.

“Vatan Alliance Global” vakillari menga “Millat Shavkati” kitobini sovg‘a qilishdi. Ushbu kitobda O‘zbekistonda so‘nggi yillardagi keng ko‘lamli islohotlar, yuz bergan muhim o‘zgarishlar batafsil bayon etilibdi.

Yana bir bor O‘zbekiston xalqiga tinchlik, xotirjamlik, baxt-saodat va fayzu baraka tilayman.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish