Logo

Toshkentdagi xalqaro forum Turkiya OAVda keng yoritildi

Aprel 06, 2026. 09:13 • 2 daq

80
Toshkentdagi xalqaro forum Turkiya OAVda keng yoritildi

TOSHKENT, 6-aprel. /“Dunyo” AA/. Toshkentdagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida Xalqaro o‘rmonlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro forum Turkiya ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, Turkiyaning nufuzli “Sondakika”, “Haberler”, “Habername” kabi nufuzli nashrlarida ushbu tadbir haqida turli materiallar eʼlon qilindi.

Turk OAVlarida qayd etilishicha, forum O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, O‘rmon agentligi hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida tashkil etilgan.

Nashrlarda taʼkidlanishicha, forumning asosiy maqsadi yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘rmonlarni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni taʼminlash va biologik xilma-xillikni saqlashdan iborat. O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, cho‘llanishning oldini olish va yangi o‘rmon maydonlarini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratilgan.

Xususan, “Haberler” nashri forumda barqaror o‘rmon xo‘jaligi va “yashil taraqqiyot” tamoyillariga urg‘u berilganini qayd etgan bo‘lsa, “Sondakika” sayti forum doirasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinganini yoritgan. Shuningdek, “Habername” portali forum doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ekologik islohotlar va tashabbuslarga alohida to‘xtalib o‘tgan.

Nufuzli nashrlarda eʼlon qilingan materiallarda BMTning O‘rmonlar bo‘yicha forumi raisi Ismail Belenning fikrlari ham keng yoritilgan. Mutaxassisning taʼkidlashicha, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan bunday xalqaro tadbirlar “yashil kelajak”ni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, Ismail Belen O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berib, so‘nggi yillarda mamlakat bu yo‘nalishda sezilarli yutuqlarga erishganini alohida eʼtirof etgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish