Logo

Vengriyada mintaqaviy energetika integratsiyasi muhokama qilindi

Dekabr 02, 2025. 11:45 • 49 soniya

101
Vengriyada mintaqaviy energetika integratsiyasi muhokama qilindi

BUDAPESHT, 2-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Vengriyadagi Elchixonasi ko‘magida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov rahbarligidagi delegatsiyaning Budapeshtga tashrifi amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimiz delegatsiyasi Korvin nomidagi Budapesht universiteti tomonidan tashkil etilgan “Kelajakni belgilash: Yevropa va turkiy davlatlarda geosiyosat va energetika” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

Konferensiyada Turkiya, Ozarbayjon, Markaziy Osiyo davlatlari, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Serbiyadan ekspert va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Tashrif davomida Turkiy davlatlar tashkilotining roli, mintaqaviy energetika integratsiyasi, alternativ transport-logistika koridorlari va strategik resurslar sohasida hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Ishtirokchilar Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistonning ekologik energetika, kritik xomashyo yetkazib berish va mintaqaviy hamkorlikda ishonchli sherik sifatidagi ahamiyati ortib borayotganini taʼkidladi.

Eldor Tulyakov o‘z nutqida Markaziy Osiyoning yangi geosiyosiy va energetik voqeliklarini taʼriflab berdi, O‘zbekistonni yashil energetikaga o‘tish, muhim xomashyo va logistika masalalarida ishonchli hamkor sifatida tanishtirdi. Mintaqaning iqtisodiy va infratuzilmaviy integratsiyasini rag‘batlantirishda Turkiy davlatlar tashkilotining roli ortib borayotganini qayt etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish