“Asdaa Oman”: O‘zbekiston Prezidenti Yangi Toshkentda yangi obyektlar ochilishida ishtirok etdi
Oktabr 14, 2026. 15:00 • 2 daq
• 126
MASKAT, 14-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘monning “Asdaa Oman” gazetasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yangi Toshkent shahrida yangi obyektlar ochilishi va yirik shaharsozlik loyihalarining amalga oshirilishiga bag‘ishlangan tadbirdagi ishtiroki haqida maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda ta’kidlanishicha, umumiy qiymati 1 milliard dollar bo‘lgan 7 ta loyiha, jumladan, “Sharq bahori” turar joy majmuasining birinchi bosqichi, “Yangi Toshkent” elektr podstansiyasi, Savdo-sanoat palatasi binosi, “Sohil bog‘i” hamda 2000 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab foydalanishga topshirildi. Ushbu obyektlarni barpo etishda turkiyalik va xitoylik kompaniyalar ishtirok etgan.
Shuningdek, Turkiya, Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyalari hamkorligida umumiy qiymati 2,5 milliard dollarlik 10 ta yirik loyiha, shu jumladan, “Deep Tech Park” sanoat zonasi, “Metropolis” biznes markazi, “Silk City”, “Al-Muj” va “Al-Marjon” turar joy majmualari hamda Yangi Toshkent markaziy shifoxonasi qurilishiga start berildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi