Baxtiyor Saidov: Daniya O‘zbekistonning Yevropadagi istiqbolli hamkorlaridan biri
Oktabr 02, 2026. 21:00 • 2 daq
• 1
TOSHKENT, 2-oktyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
«Daniya tashqi ishlar vaziri janob Lars Lyokke Rasmussenni O‘zbekistonda ko‘rishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Tashrif doirasida qator muhim tadbirlar rejalashtirilgan. Ikki tomonlama uchrashuvlar, O‘zbekiston va Daniya biznes doiralari vakillari bilan davra suhbati o‘rin olgan.
Hamkasbim bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda Daniya O‘zbekistonning Yevropadagi istiqbolli hamkorlaridan biri ekanligini qayd etdik.
Siyosiy muloqotni faollashtirish, «yashil» iqtisodiyotni rivojlantirish, ilm-fan sohasidagi almashinuvlarni kengaytirish kabi ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qildik.
Iqtisodiy aloqalarimizni investitsiyalar va sanoat kooperatsiyasi bilan boyitishga alohida e’tibor qaratdik. Turli sohalarda Daniya kompaniyalari bilan qo‘shma loyihalarni rivojlantirishdan manfaatdormiz».
«Dunyo» AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi