O‘zbekiston va Yaponiya TIV rahbarlari 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzoladi

Sentabr 18, 2026. 20:34 • 57 soniya

170
O‘zbekiston va Yaponiya TIV rahbarlari 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzoladi

TOSHKENT, 18-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston va Yaponiya tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Tosimitsu Motegi Tokioda 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Strategik muloqot yakunidan so‘ng hamkasbim Tosimitsu Moteei janoblari bilan O‘zbekiston va Yaponiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzoladik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Mazkur hujjat ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi muntazam muloqot va amaliy hamkorlikni yana-da rivojlantirishga qaratilgani bilan yana-da ahamiyatlidir.

Hamkorlik dasturi O‘zbekiston–Yaponiya kengaytirilgan strategik sherikligini yangi mazmun bilan boyitish va Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirishga xizmat qiladi”.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish