Rostov-Don shahrida og‘ir jarohat olgan vatandoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi

Oktabr 02, 2026. 20:30 • 59 soniya

• 75
Rostov-Don shahrida og‘ir jarohat olgan vatandoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi

ROSTOV-DON, 2-oktyabr. /«Dunyo» AA/. Bosh konsulxona hamda O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi hamkorligida Rossiya janubida mehnat faoliyati chog‘ida og‘ir jarohat olgan vatandoshimiz D.U.ni Vatanga qaytarishga ko‘maklashildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 

Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida fuqaro turli tan jarohatlarini olib, hududdagi tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizilgan va u yerda zarur muolajalar ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, uning O‘zbekistonga qaytarish masalasi tezkorlik bilan ishlab chiqilgan.

Vatandoshimizning sog‘lig‘i va shifokorlarning tavsiyalaridan kelib chiqqan holda, uni tibbiy evakuatsiya qilish choralari ko‘rildi. Fuqaroni kuzatib borish uchun O‘zbekistondan maxsus ikki nafar tibbiyot mutaxassisi yetib keldi va ular parvoz davomida zarur tibbiy nazoratni ta’minladilar.

Barcha tashkiliy tadbirlar amalga oshirilgach, fuqaro shifokorlar hamrohligida Mineralniye Vodi – Toshkent aviareysi orqali O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish