Baxtiyor Saidov: Yaponiya O‘zbekistonning ishonchli va muhim hamkorlaridan biridir
Sentabr 18, 2026. 19:38 • 2 daq
• 214
TOSHKENT, 18-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Tokioda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Toshimitsu Motegi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Yaponiya tashqi ishlar vaziri janob Toshimitsu Motegi bilan O‘zbekiston–Yaponiya tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi Strategik muloqotini o‘tkazdik”, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Uchrashuv davomida kengaytirilgan strategik sherikligini yana-da mustahkamlash, ikki tomonlama muloqotlarni barcha yo‘nalishlarda jadallashtirish va Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish masalalarini muhokama qildik.
Shuningdek, “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formati doirasida mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish, xalqaro maydondagi hamkorligimizni kengaytirish hamda dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdik.
Yaponiya O‘zbekistonning ishonchli va ustuvor hamkorlaridan biri. Bugungi muloqot ikki mamlakat o‘rtasidagi kengaytirilgan strategik sheriklikni aniq amaliy natijalar bilan yana-da boyitishga qaratilgan mushtarak maqsadlarimizni yana bir bor ifodaladi”.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi