O‘zbekiston va Gruziya tashqi siyosat idoralari rahbarlari Batumida muzokara o‘tkazdi
Oktabr 22, 2026. 23:00 • 2 daq
• 99
TOSHKЕNT, 22-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Batumi shahrida Gruziya bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Bugun Batumi shahrida Gruziya Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili xonim bilan iliq va samarali uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi bugun Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – Uchrashuv davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 2–3-iyul kunlari Gruziyaga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston–Gruziya strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildik.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik, transport-logistika, turizm va ta’lim sohalaridagi loyihalarni birgalikda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalariga to‘xtalib o‘tdik”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi