O‘zbekiston va Chexiya kimyo sanoati sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Oktabr 10, 2026. 10:30 • 2 daq

• 28
O‘zbekiston va Chexiya kimyo sanoati sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
O‘zbekiston va Chexiya kimyo sanoati sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
O‘zbekiston va Chexiya kimyo sanoati sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

PRAGA, 10-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston kimyo sanoati va xususiy sektor vakillaridan iborat delegatsiya Chexiya Kimyo sanoati uyushmasining taklifiga binoan 30-sentyabr — 7-oktyabr kunlari ushbu mamlakatda xizmat safarida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida Chexiya Kimyo sanoati uyushmasi, Atrof-muhit vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Praga kimyo va texnologiya universiteti, shuningdek, yetakchi chex sanoat kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi “Lovochemie”, “ORLEN Unipetrol”, “Spolchemie” va “Synthos Kralupy” ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, “REGARTIS”, “AGRA GROUP”, “SILON” va “Dekonta” kabi qator yetakchi kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar olib borildi.

Tomonlar o‘zbek kimyo mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish, ularning Yevropa Ittifoqi talablariga to‘liq muvofiqligini ta’minlash, mineral va kompleks o‘g‘itlar, polimer mahsulotlarini ishlab chiqarish, ilg‘or kimyo texnologiyalarini joriy etish hamda mahalliylashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Muzokaralarda Yevropaning regulyator mexanizmlarini o‘rganish, Chexiyaning ilg‘or tajribasi va texnologiyalarini O‘zbekistonga jalb qilish, shuningdek, qo‘shma ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tashrif O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida kimyo sanoati sohasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik sheriklikni kengaytirish yo‘lidagi amaliy qadam bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish