Logo

Bugun dunyoda: Xorijiy OAV sharhi qisqa satrlarda

Fevral 13, 2026. 12:08 • 3 daq

19
Bugun dunyoda: Xorijiy OAV sharhi qisqa satrlarda

Japarov Tashiyevni MXDQdan bo‘shatishi haqida gapirdi

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyevni lavozimidan ozod etishdan avval unga qo‘ng‘iroq qilib, bu masalada uni ogohlantirgan. Bu haqda u “Kabar” agentligiga bergan intervyusida maʼlum qilgan.

Manba: Kabar

***

Isroil G‘azo bo‘yicha “Tinchlik kengashi”ga qo‘shildi

Isroil AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tuzilgan G‘azo sektori bo‘yicha “Tinchlik kengashi”ga qo‘shildi. Netanyaxu 11 fevral kuni Vashingtonga tashrifi chog‘ida AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi. Aynan shu uchrashuvda Isroil “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilgani bo‘yicha hujjat imzolandi. Netanyaxu tegishli hujjatni o‘zining X (sobiq Twitter)dagi sahifasiga joylagan.

Manba: Reuters

***

Oltin zaxiralari bo‘yicha global reyting: xaridorlar va sotuvchilar

Ko‘plab davlatlar uchun oltin endilikda shunchaki himoyaviy aktiv emas — u geosiyosiy keskinlik kuchayishi, valyutalar barqaror emasligi va rezervlarni diversifikatsiya qilish (ayniqsa AQSH dollariga bog‘liqlikni kamaytirish) sharoitida strategik zaxiraga aylandi. Biroq barcha mamlakatlar bir xil strategiyani tutmadi: ayrimlari oltin zaxiralarini faol oshirgan bo‘lsa, boshqalari aksincha — ularni qisqartirdi.

Manba: naked-science

***

YTHdan keyin Adam Qodirovning ahvoli haqida maʼlumot berildi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li 18 yoshli Adam Qodirovning yanvar oyida Grozniyda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasidan keyin talog‘ini olib tashlashgan bo‘lishi mumkin. Moskvadagi Botkin kasalxonasida Qodirovning o‘g‘liga yarim yil davomida qatʼiy parhez belgilangan. Adamning jag‘ suyagida yoriq ham aniqlangan bo‘lib, bu vaqtincha qattiq ovqat isteʼmol qilishni istisno etadi. Uch hafta ichida Adam Qodirov ancha ozib ketgan. 

Manba: Novaya gazeta Yevropa

***

Yevrokomissiya binolarida tintuv o‘tkazildi

YI Bosh prokuraturasi (EPPO) Yevrokomissiya (YK)ga nisbatan tergov olib bormoqda, Belgiya politsiyasi esa Bryusseldagi YK binolarida tintuv ishlarini o‘tkazdi.

Manba: AFP

***

Kim Chen In qizini voris qilishi mumkin

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘smir qizi Ju Aeni rasman o‘zining vorisi sifatida eʼlon qilishi mumkin. Janubiy Koreya razvedkasi parlament aʼzolari bilan o‘z prognozlarini muhokama qilgan. Yopiq brifingda Kimning qizi tobora ko‘proq ramziy va siyosiy rolni egallab borayotgani, bu esa vorislikka tayyorgarlik jarayoniga mos kelishi taʼkidlangan.

Manba: Bloomberg

***

Erdo‘g‘an parlamentdagi sharmandali qasamyod haqida fikr bildirdi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an muxolifat deputatlari tomonidan joriy yilning 11-fevral kuni yangi Adliya vaziri Akin Gurlekning qasamyodiga to‘sqinlik qilish maqsadida parlament minbarini egallab olishni banditlik deb atadi. U bu haqda 12-fevral kuni o‘zi rahbarligidagi “Adolat va taraqqiyot” partiyasining mintaqaviy bo‘limlari rahbarlari bilan uchrashuvda gapirgan.

Manba: Anadolu

***

Ispaniya va Portugaliyada yuqori darajadagi ogohlantirish eʼlon qilindi

Ispaniya va Portugaliyada kuchli yomg‘ir hamda shamol sabab hududlarda yuqori darajadagi ogohlantirish eʼlon qilindi. Dovullar daraxtlarni qulatib, transport qatnovini izdan chiqargan, ayrim hududlarda maktablar yopilgan.

Manba: Reuters

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish